Yer yuzida 200 dan ortiq davlatlar bo’lib , har biri o’ziga xos urf-odatlarga ega. Bu urf-odatlar har bir davlatlarda har xil ko’rinishlarga egadir. Bugungi kunda turizm sohasining rivojlanib borishiga turtki bo’layotgan sabablardan biri ham ana shu har bir davlatning o’ziga xos urf-odati va san’atidir. Shu bilan birga har bir davlatning san’ati, urf-odat, an’analari ularning faxri hamdir.