Iqtisodiyotning taraqqiyoti darajasiga qarab, ijtimoiy hayot yo’nalishi shakllanadi, uning rivojlanishi bilan yuksala boradi, ijtimoiy vaziyat barqarorlashadi, jamiyat a’zolarining kelajakka ishonchi ortadi va faolligi tobora kuchayadi. Moliya tizimi esa jamiyat a’zolarining nafaqat bugungi balki, ertangi va kelajakdagi farovonligini belgilab beradi.