Xurmatli Prezidentimiz I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari” nomli asarida hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining mazmuni, kelib chiqish sabablari va salbiy ta’siri oqibatlari, O`zbekiston inqiroz ta’siri oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos bo`luvchi omillar, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash va yangilashni izchil davom ettirish borasida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar, ustuvor yo`nalishlar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo`llari to`g`risida talabalarga bilim berish maqsadida asosiy masalalar atroflicha yoritib berilgan.