Ushbu uslubiy qo`llanma pedagogika oliy o`quv yurtlari «Matematika va informatika» bakalavriat yo`nalishi bo`yicha «Matematik tahlil» fanidan tuzilgan dasturga mos yozilgan. Bunda «Matematik tahlil» fanining biri o`zgaruvchili funksiyaning differensial hisobi bo`limining nazariy qismi to`liq yoritilgan, misol-masalalar yechib ko`rsatilgan, mustaqil yechish uchun misol va masalalar hamda nazariyani mustahkamlash uchun savollar keltirilgan.