Makroelementlar o`simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega. Asosiy makroelementlarga azot, fosfor va kaliylar kirib, qishloq xo`jalik ekinlaridan mo`l va sifatli xosil olishda muhim rol o`ynaydi. G’o`za ekiniga azotli va fosforli o`g’itlarning ta`siri yaxshi o`rganilgan bo`lib, kaliyli o`g’itlarga yetarli e’tibor berilmagan. Shu sababli ham bizlar kaliyli o`g’itlarning g’o`za hosildorligiga ta`sirini o`rganishni maqsad qilib qo`ydik.