Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Hozirgi kunda O’zbekistonda ma’naviyat sohasida juda ko’plab tadqiqot va ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Umuman ma’naviyat sohasida ko’plab muammolar o’z yechimini kutmoqda. Dissertatsiya mavzusi ma’naviyatning paydo bo’lishi va mohiyatiga qaratilgan bo’lib, ushbu mavzu har doim o’z dolzarbligini saqlab qolgan. Shu sababli ham mustaqillikdan so’ng ushbu mavzuni o’rganish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.