Zamonaviy ta`limni tashkil etishda qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, ta’lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallagan bilim ko`nikma hamda malakalar darajasini baholash o`qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta`lim jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.