Mazkur bitiruv malakaviy ishda Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar, yozma manbalar nashrlari, tarjimalari tarixshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq va tahlil etildi. Ta`kidlash joizki, mazkur yillarda O`zbekistonda, qisqa muddat ichida, Amir Temur saltanati tarixiga oid yozma manbalarning bir qismi ilmiy muomalaga kiritilgan va salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan.