Ma’lumki, pedagogikada boshqa ilm sohalaridan olingan ko`plab atamalardan foydalaniladi, bu narsa pedagogikaning boshqa fanlar bilan chuqur aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisodiyotdan eng ko`p miqdorda kirib keladi, chunki ayni shu sohalar ijtimoiy fikrning rivojlanishiga eng ko`p ta’sir ko`rsatadi. Chunonchi bugun o`qitishning tejamkorligi va oqilonaligi, o`qituvchi, texnika va texnologiya, ta’lim iqtisodiyoti, o`qitishni kompyuterlashtirish va shunga o`xshashlar haqida tez-tez gapirilmoqda.