O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» PQ-1730 sonli qarori, 2012 yil 1 fevraldagi “Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari taraqqiyotida, bu sohadagi amaliy-ilmiy va fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishida yana bir muhim bosqich bo’lib qoladi, [1-5]. Prezidentimiz I.Karimov XXI asrni ma’naviy-ma’rifat asri, ilm-fan madaniyat va axborotlar asri deb ta’riflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va xususiyatini ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas.