Respublikamiz aholisi soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Kishi boshiga to’g’ri keladigan ekin maydoni esa tobora kamayib, hozir 2001 yilning boshiga kelib u 0,16 gektarni tashkil etadi (Abdug’aniyev A. Yadiyarova Sh. 2002y). Bu ko’rsatkichlar AQSh-0,52, Fransiyada-0,34, Qozog’istonda-1,54, Qirg’ozistonda-0,26, Ukrainada-0,59, Rossiyada-0,67, gektarga teng. Hozirgi vaqtda respublikamizda sug’oriladigan maydonlarining 1,5 mln. gektariga paxta va 1,3 mln. gektardan ziyed maydonga lalmi va suvli g’alla ekilmoqda.