Hisob-kitoblarga ko’ra barcha ekinlarning kasalliklar va zararkunandalar tufayli yo’qotiladigan hosilining taxminan 20 foizi viruslar tufayli kuzatilar ekan. Ko’pincha viruslar o’simliklarni o’ldirmaydi, ularning zarari hosil miqdori va sifati pasayishi, ekin zaif, boshqa kaslliklarga va past haroratga chidamsiz bo’lib qolishi, kasal o’simliklardan olingan urug’ sifatsiz va unuvchanligi past bo’lishi bilan ifodalanadi.