Inson axborotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashda qulay hamda qisqa ko`rinishda bo`lishi uchun turli belgilashlardan foydalanadi. Bunga tovushlarni harf va raqamlar orqali, musiqa tovushlarini notalar orqali, matematik, fizik, biologik qonuniyatlarni formulalar orqali ifodalanishini misol qilish mumkin.