Oziqli muhitlar haqida tushuncha. Mikroblarning turli-tuman xususiyatlarini tekshirishda, shuningdek infeksion kasalliklarii aniqlash (diagnostika) da mikroblarni odatda sun’iy oziqli muhitlarda undirishga to’g’ri keladi. Mikroblar oziqli muhitda qiyg’os ko’payishi uchun unda oziq moddalar, ayniqsa azot va uglerod manbalari, suv, mineral tuzlar etarli bo’lishi va muhit reaksiyasi ( rN ) muayyan darajada bo’lishi lozim.