Prezidentimiz ta`kidlaganidek, tarixni bilgan odam hayotga orzu-umid, ishonch bilan yashaydi. Tarix bilimining ilk kurtaklari esa maktab partasida, tarix darslarida uyg`onadi. Shu bois tarix o`qituvchisi dars jarayonida faqat darslik bilan qanoatlanmay, qo`shimcha adabiyotlardan, Prezident asarlaridan foydalansa, dars mazmunini yanada boyitadi. Natijada o`quvchilarda fanga bo`lgan qiziqish yanada ortadi.