Tasviriy san’at o’qituvchisi boshqa fanlar o’qituvchilari kabi birinchi navbatda eng yuksak fazilatli ahloqiy pok, iymon va e’tiqodli, halol va sofdil, yoshlarga nisbatan mehribon, o’zbek xalqining urf – odatlari, an’analarini yaxshi biladigan shaxs bo’lishi kerak. 1997-yili O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.