O’zbekiston san’ati zafarli yo’lni bosib o’tdi. Respublikamiz rassomlari ko’pgina ko’rgazmalarda faol ishtirok etib, san’atimiz ta’sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Bizning rasso’llarimiz ko’pgina tur va janrlarda ijod qilib kelmoqdalar, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik manzara, natyurmort, portret va boshqalar shular jumlasidandir.