Mavzuning didaktik maqsadi: Jadval ko`rinishdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, hisob-kitob ishlarini olib borish uchun maxsus amaliy dasturlar yaratilgan. Bunday dasturlar elektron jadvallar deb ataladi. Excel dasturi ham elektron jadvallar qatoriga kiradi.
Elektron jadvallar, xususan Excel dasturi bank, soliq sohalarida juda keng qo`llaniladi. Shu bilan birga barcha tashkilot, korxona va o`quv muassasalarining buxgalteriya bo`limlarida eng ko`p ishlatiladigan dastur hisoblanadi.