BOLALARNING YUQMLI KASALLIKLARI

BOLALARNING YUQMLI  KASALLIKLARI
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Ilmiy-ta`limiy
Turi:
Darslik
Nashr etilgan yili:
1995
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-16 04:11:38
Keyingi yillarda respublikamizda sodir bo`layotgan ijtimoiy, iqtisodiy tub o`zgarishlar bolalar o`rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning bir muncha kamayishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda bu kasalliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularga to`g`ri tashxis qo`yish hamda kasalliklarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni ko`rishda ayrim kamchiliklarga yo`l qo`yilmoqda. Bolalar orasida bu kasalliklarning atipik (noaniq), subklinik shakllari uchramoqda. Bu keltirilgan dalillar yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni o`z vaqtida davolashni takozo etadi. Keyingi yillargacha bu sohaga bag`ishlangan adabiyotlar asosan rus tilida chop etilar edi, hozirgi kunda esa tibbiyot oliygohlarida talabalarni o`qitishning davlat tili — o`zbek tiliga o`tishi o`quv qo`llanmalar, monografiyalar, risolalarni o`zbek tilida chop ztishni talab qiladi. Bu asarlarda bizda uchraydigan kasalliklar kechishining o`lka va regional xususiyatlarini inobatga olgan holda berish lozim. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, muallif ko`plab adabiy, ilmiy manbalarni va o`zlarining ko`p yillik tajriba bilimlarini jamlab (shu kasalliklarga tashxis qo`yish, ularni davolash, ularning oldini olish borasidagi), jiddiy qo`llanma yozishdek zarur mexnatni o`z zimmasiga oldi. Ushbu darslikka bolalarda ko`p uchraydigan yuqumli kasalliklarning nozoologik shakllari kiritilgan. Bu kasalliklarning bolalarning yoshiga qarab kechishidagi xususiyatlari keltirilgan. Kasalliklarga erta tashxis qo`yishga, ularni davolashda zamonaviy usullarni qo`llashga alohida ahamiyat berilgan. Muallif darslikda ba’zi ko`rsatkichlarni keltirishni lozim ko`rdi, bu esa shifokorlar uchun kundalik ish jarayonlarida ma’lumot uchun foydalanish imkonini beradi. Undan tashqari, bolalar o`rtasida uchraydigan yuqumli kasalliklarning tashxisi ham jadval tarzida berilgan. Ushbu darslik o`zbek tilida birinchi bor chop etilayapti, shu tufayli muallif bolalarning yuqumli kasalliklari to`g`risidagi barcha muammolarni yoritishning ilojini topolmadi. Ayrim qismlar kasalliklarning qisqa mazmunini sharhlash bilan chegaralangan, shuning uchun ham ba’zi kamchiliklar va nuqsonlarga yo`l qo`yilgan. Darslik infeksionist shifokorlar, pediatrlar, epidemiologlar, internlar, sog`liqni saqlash bo`limlari mutaxassislari, tibbiyot istitutlarining yuqori kurs talabalariga tavsiya etiladi.

Дабавлено : 2021-04-16 04:11:38

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш