Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining asosiy poydevori hisoblanadi. Bu bosqichda o’qitiladigan fanlar orqali o’quvchilarning dastlabki bilim, ko’nikmalari, shuningdek ta’limning keyingi bosqichlarini samarali o’zlashtirishga nisbatan motiv shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida maqol, ertak, topishmoq, tez aytish janrlari orqali o’quvchilarning tafakkurini o’stirishda o’qish darslari asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.