Mazkur ma’ruzalar kursi “Pedagogik mahorat” kursi reja va dasturiga muvofiq ravishda tartiblashtirilgan bo’lib, unda “Pedagogik mahorat” fanining umumiy asoslari, nazariy va amaliy asoslari o’rin olgan. Mazkur fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda mavzular tizimli ravishda, bir-biriga bog’liq holda bayon etilgan, har bir ma’ruzada uning mazmuni aks etgan tayanch iboralar alohida ajratib ko’rsatilgan.