Mazkur Ma’ruzalar matni 5A220102 –Lingvistika (o’zbek tili) yo’nalishida tahsil olayotgan magistr talabalarga mutaxassislik fani sifatida o’tiladigan «O’zbek tilining grammatik stilistikasi masalalari» fanidan o’tiladigan darslar sifatini yaxshilash maqsadida yaratilgan bo’lib, u 2002 yilda qabul qilingan oliy ta’lim tizimi Davlat ta’lim standartlari ko’rsatmalari asosida tayyorlangan Namunaviy o’quv dasturlari asosida yozilgan hamda bunda shu predmet uchun ajratilgan o’quv soatlari hisobga olingan.
Undagi materialdan o’zbek tili stilistikasi sohasida ilmiy kuzatishlar olib borayotgan aspirantlar, tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.