Tasviriy san`at mashg`ulotlari o`quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, ko`rganlarini, o`rganganlarini yodda saqlanishi, ijodiy tushunchalarini, baliy did, estetik his-tuyg`ularini orttiradi. Tasviriy san`at bo`yicha mashg`ulotlar o`quvchilarning ijodiy qobiliyatining o`sishi, dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, insonni har tomonlama takomillashtiradi va fikr doirasini kengaytirib, hayotni va borliqni bilish tushunchalarini rivojlantiradi, go`zallikka intiluvchan kayfiyat beradi.