Stomatologiya fakulteti talabalari uchun yozilgan mazkur o`quv qo`llanma asosiy o`quv darsligini to`ldirish va talabalarning adabiyotlarga bo`lgan talablarini bir muncha qondirish maqsadida yozilgan. O`quv qo`llanma Davlat Ta’lim Standartlari, namunaviy dastur asosida yozilgan bo`lib, tibbiyot oliygoxlarining stomatologiya fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan oxirgi o`quv dasturi mavzularini to`la to`kis qamrab olgan.