Mamlakatimizdagi yirik pochta korxonalarida hozirgi paytda ishlab chiqarish jarayonlarini to`la mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar mehnat unumdorligini oshirishga, mahsulotlar tannarxini pasaytirishga, ishlab chiqarish sifati va samarador- ligini ko`tarishga yordam beradi.
Zamonaviy pochtamtlar yuqori darajada mexanizatsiyalashgan sanoat tipidagi korxona bo`lib, ularda pochta jo`natmalariga ishlov berish uchun avtomatlashtirilgan texnika vositalari (maxsus mashinalar va uskunalar) keng qo`Ilaniladi.