Ushbu kitob iqtisodiyotda matematika kursidan o`zbek tilida yozilgan birinchi o`quv qo`llanma bo`lib, unda sonlar ustida amallarni bajarish va protsentlarni
hisoblashdan tortib to chiziqli dasturlash, ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaga doir asosiy tushunchalar hamda ular asosida yechiladigan iqtisodiy
masalalar keltirilgan. O`quv qo`llanma 3340100-«Statistika» ta’lim yo`nalishidagi 3340106-«Statistika» mutaxassisliklari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan iqtisodiyot
yo`nalishlaridagi OTMlari talabalari, professor-o`qituvchilari, aspirant va izlanuvchilari ham foydalanishlari mumkin.