Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston davlatining mustaqillik davridagi taraqqiyoti ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha qirralarida bo`lgani singari madaniy-ma’rifiy sohalarda ham tarixiy o`zarishlarni yuzaga keltirmoqda. Istiqlol mafkurasi tufayli “Tilimizni, dinimizni, urf-odatimizni, ma’naviy qadriyatlarimizni butkul yuqotib qo`yish xavfidan saqlab, asrab-avaylab, ularning azaliy mazmuni va qudratini tiklash…” darajasiga erishdik. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko`rsatish, o`tmishdagi boy an’analarni, milliy qadriyat va ma’naviy boyliklarimizni yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga aylandi.