“Jinoyat huquqi” fanini o`qitishdan maqsad talabalarga jinoyat huquqi normalarini kudlarga doir nazariy bilimlar va ko`nikmalarni o`rganishdan iboratdir. Talabalar jinoyat huquqi fanini o`rganish jarayonida jinoyat huquqi tizimini rivojlanishi uning mohiyati, mazmuni O`zbеkiston Rеspublikasi jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining bugungi kundagi ahamiyati, o`rni, jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy huquqiy imkoniyatlari va chеgaralari to`g`risidagi bilimlarni chuqurlashtiradilar. Bu fanni o`rganishda talaba o`zining mahorat va qobiliyatlarini, huquqni muhofaza qilish idoralarining turli xizmat bo`limlarini, sud organlarining amaliy faoliyatlari bilan bog`langan holda to`g`ri qo`llashni o`rganadilar.