Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik tufayli ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida ulkan o`zgarishlar yuz berdi. Ayniqsa ma’naviyat sohasida misli ko`rilmagan ishlar amalga oshirildi. Uzoq tarix va boy ana’nalarga ega bo`lgan ma’daniy merosimiz o`z tabiiy sarchashmalari asosida o`rganilishga barcha imkoniyatlar yaratildi. Xalq og`zaki ijodi, uzoq asrlik mumtoz adabiyotimiz va jahon adabiyoti durdonalari bilan erkin tanishish natijasida adabiy jarayonda katta yuksalishlar yuzaga keldi. Tarixiy tajribalardan foydalanish, jahon erishgan adabiy-estetik tuyg`ularni o`zlashtirish, yangi davr, xususan, mustaqillik davri adabiy jarayonining asosiy fonemenini belgilab berishga xizmat etdi. Ijod olamidagi an’analar, tajribalar va yutuqlar keyingi davrlar o`zbek adabiyotining erkin taraqqiy etishiga poydevor bo`lib xizmat etdi.