Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g’ururi sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir” . Ma’lumki, xalqimiz boshidan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliyligimizni asrab-avaylashga, rivojlanishiga mutlaqo yo’l qo’yilmagan. Ana shunday davrda Navoiyshunos olimlarimiz dilidagi gaplarini ochiq-oydin aytolmagan. Mustaqillik sharofati tufayli, mumtoz adabiyotimizni har tomonlama chuqur o’rganishga keng yo’l ochildi.