Ishning dolzarbligi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan e’tibor kun sayin ortib bormoqda. Bu to’g’risida bir qator Prezident farmonlari va qarorlari e’lon qilingan. Ayniqsa Respublika Prezidenti I.A.Karimov tomonidan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlari katta ahamiyatga molikdir. Bu bolalar va o’smirlarni har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlari uchun asos bo’ladi. O’rganilgan masalada ham bolalar va o’smirlarni jismoniy rivojlanishini kuzatib borish hamda shunga mos ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan bolalarni shug’ullantirishni muammolari to’g’risida so’z yuritilgan.
Hozirgi zamon yosh morfologiyasi va fiziologiyasi juda ko’p ilmiy izlanish yo’nalishlarga ega bo’lib ular medisina amaliyoti, pedagogika va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langandir. Asosiy muamolar qatoriga hozirgi zamon odamlarining organizmida davrdan davrga va alodan-avlodga bo’layotgan o’zgarishlar kiradi va ularni sabab mexanizmlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Oxirgi o’n ming yillar davomida odam Homo Sapiens turining vakili sifatida evolyusiya stabil hisoblanadi. U tana andozlarining hamda alohida qismlarning ko’rsatkichlarini miqdoriy o’zgarishlariga qaramasdan o’zining tuzilmalarining sifatli xarakteristikasini o’zgartirmasdan holda saqlab kemoqda. Tarixiy jarayonda belgilarni o’sish va pasayishi hamda o’sishni tezlashuvi (akselerasiya) va susayishi (retardasiya) almashib turgan va qaysi bir etapda ko’rsatkichlar stabillashuvgan, shundan keyin yana o’sishni tezlashuvi yuzaga kelgan. Bunday o’zgaruvchanlikni sabablarini o’rganish individual rivojlanish omillarini aniqlashga yordam beradi.