Tolkatt Parsons (1902-1972) XX asr sosiologiyasining eng ko’zga ko’ringan yirik vakillaridan biri. Amerikalik bu sosiolog noyob iste’dod egasi edi. U o’ziga xos sintetik tafakkur ega bo’lib, tabiatshunoslik, iqtisod, sosiologiya fanlari sirlarini chuqur o’rgandi. U dastlabki mutaxassislik bo’yicha ilm olishni medisinani (Amxrest kolleji) o’rganishdan boshladi. U davrining mashxur ekonomisti Uilton Xomilton uning bo’lg’usi dunyoqarashiga katta ta’sir etdi. Uning ijtimoiy fanlarga bo’lgan qiziqishi kuchaydi. Uning taqdiri murakkab kechdi. 1923 yil uning bitirishidan bir yil oldin uning prezidenti Aleksandr Mikldjon tomonidan T.Parsons haydaldi. Kollejda u yoqtirgan professiorlardan hyech kim qolmadi.