Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati

Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati
Daraja:
Oliy ta`lim
Turi:
Kurs ishi
Nashr etilgan yili:
2013
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilan vaqti:
2021-04-11 03:08:39
O’tmish merosimizning nodir yodgorligi bo’lgan «Qisasi Rabg’uziy” asari va uning muallifi Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziy merosi xalqimiz tarixida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Rabg’uziyning ushbu asari yer yuzining paydo bo’lganidan boshlab so’nggi payg’ambar – Muhammad hayotiga doir bo’lgan voqealarni tasvirlar ekan, ularda kishilarni to’g’rilikka, komilikka, axloqan poklikka chaqirishi bilan yuksak ahamiyat kasb etadi. Rabg’uziy haqida yetarlicha ma’lumot yetib kelmagan. Bizgacha yetib kelgan yagona asari «Qisasi Rabg’uziy»da ba’zi ma’lumotlar mavjud. Undagi ma’lumotlar ham to’liq emas. Uning asl ismi Nosiruddin bo’lib, Xorazmning Rabotu O’g’uz degan joyida tug’ilgan. Asarining muqaddimasida otasi Burhonuddinning O’g’uz Rabotining qozisi bo’lganligini aytib o’tadi. Asarda o’zi haqida musulmonlarga xos kamtarinlik bilan: «…bu kitobni tuzgan, toat yo’lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlik, ko’p yozug’luk (yaxshiligi oz, gunohlari ko’p) Rabot O’g’uzining qozisi Burhon o’g’li Nosiruddin...» deya ta’kidlaydi. “Rabg’uziy” so’zini prof. N.Mallayev «Raboti o’g’uz»ning birikuvidan kelib chiqqan deya fikr bildiradi. Rabg’uziy XIII asrning oxirlari va XIV asrning boshlarida yashagan xorazmlik shoirdir. Uning «Qisasi Rabg’uziy» asari o’zbek nasrining qadimiy namunasi. Bu asar islom dinini qabul qilgan mo’g’ul beklaridan biri bo’lgan Nosiruddin To’qbug’aning topshirig’i va homiyligida yozilgan.

Дабавлено : 2021-04-11 03:08:39

Этот категорий

Ўзбекистонда демократик жамият қуриш назарияси ва амалиёти

Бухгалтерский учет и аудит

Қарақалпақ тилинде теңлес еки компонентли фразеологизмлер oқыў - методикалық қолланба

Ижтимоий-маданий фаолиятда сценарийчилик

Озиқ-овқат маҳсулотлари технологияси

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш