Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-nazariy, metodologik holatidan, uning dolzarbligi, tadqiq etilishi darajasidan hamda tanlangan davr xususiyatidan kelib chiqqan holda, O’zbekistonda milliy televideniening sobiq sovet mustabid tuzumi davridagi ahvoli hamda milliy televideniyaning mustaqillik sharofati bilan yanada rivojlanish imkoniyatlarini vujudga kelishi, xalqimizning o`z mustaqil milliy televideniyasiga va milliy ko`rsatuvlariga ega bo`lishini organishdan iborat maqsad belgilandi.