Ushbu «Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar» fanidan o`quv qo`llanmasi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Oliy o`quv yurtlariaro ilmiy-uslubiy kengashida ma`qullangan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Mazkur o`quv qo`llanmasi 5521100 «Yer usti transporti tizimlari» yo`nalishi bo`yicha bakalavrlarni tayyorlashda foydaIanish uchun mo`ljallangan. O`quv qo`llanmasida metallarni kesish nazariyasining asoslari, metall kesuvchi asboblarning materiallari va konstruktiv elementlari hamda geometrik parametrlari, metall kesuvchi stanoklarning konstruktiv tuzilishi va asosiy tiplari, ularning texnik xarakteristikalari hamda bajaradigan ishlaridan namunalar, ishlov berish sxemalari keltirilgan.