Ushbu o`quv metodik majmua “Ona tili o`qitish metodikasi” fanidan yaratilgan bo`lib, unda o`rganish bo`yicha, “5141600 boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo`nalishi uchun fan ishchi o`quv dasturi, kalendar-tematik reja, reyting ishlanmasi va baholash me’zonlari, ma’ruzalar matnlari, amaliy mashg`ulotlar ishlanmalari, talabalar mustaqil ishi, yozma ish va test savollari, kurs ishlari mavzulari jamlangan. Mazkur o`quv-metodik majmua “5141600 boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo`nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o`quv-metodik majmuadan mazkur sohadagi o`qituvchilar, aspirantlar, ilmiy tadqiqodchilar, magistrlar, qiziquvchilar va boshqalar ham foydalanishlari mumkin