Keyingi yillarda qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va ulardan mo’l xosil olishga tabiy omillar bilan bir qatorda antropogen omillar kuchli tasir etmoqda. Bu insoniyatning suv tuproq va o’simliklar dunyosiga munosabati, ulardan samarali foydalanish qonunyatlarini ishlab chiqarishga yetarlicha tadbiq qilmaslik oqibatida yuz bermoqda. Bular sug’orishning ilmiy asoslangan xolda o’tkazilmaslik tufayli sizot suvlarning ko’tarilishi natijasida sodir bo’ladigan tuproqlarning qayta sho’rlanishi botqoqlanishi eroziyasi va meyoridan ortiq o’g’itlar gerbisidlar, insektitsidlar, defolyatorlarni ishlatish og’ir metallar va radioktiv moddalarning tuproqda to’planishi kabilardir.