O`quv qo`llanma “Moliya” fani dasturi asosida yozilgan bo`lib, unda xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyasi davlat moliyaviy salo-hiyatining asosi, xo`jalik yurituvchi subyekt XYuSlarni moliyaviy isloh qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy jihatlari, xo`jalik yurituvchi subyektlarning ish-lab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi, xo`jalik yurituvchi sub-yekt marketing strategiyasining moliyaviy yo`nalishlari, ishlab chiqa-rishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion dasturlarini mo-liyalashtirish, XYuSlarning moliyaviy barqarorligi kabi masalalar o`z aksini topgan. Ularning mazmun-mohiyatini to`g`ri tushunish hamda tez va oson o`zlashtirib olish maqsadida qo`llanmada o`ziga xos bo`lgan ju-da ko`plab turli chizmalar keltirilgan. Har bir bobning oxirida keltiril-gan bahs-munozara yoki nazorat shaklidagi savollar ham xuddi shu maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Qo`llanma talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yo`nalish-dagi oliy o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilari, mamlakatning moliya tizimida faoliyat ko`rsatayotgan amaliyotchi mutaxassislar va XYuSlar moliyasi muammolari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan.