Mazkur to`plam SamDChTI Ilmiy va uslubiy kengashlarida ko’rib chiqilib, nashrga tavsiya etildi. Ushbu kitob ikki qismdan iborat bo’lib, mazkur qismda ilk ajdodlarimiz va ular bilan bog’liq ravishda Markaziy Osiyo, ayniqsa, ko’hna Turonzaminda yuzaga kelgan qabila-elatlar va ularning ilk davlatlari, tillari, umuman etnogenezi va etnik (asosan, milodan avvalgi davrlardagi) qatlamlari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.