Ushbu qo’llanma pedagogika institutlariining «Matematika va informatika» bakalavriat yo’nalishi bo’yicha «Matematik tahlil» fanidan tuzilgan bo’lib, haqiqiy sonlar to’plami; funksiya va uning berilish usullari; sonli ketma-ketlik va uning limiti; funksiyaning limiti, uzluksizligi; kesmada uzluksiz bo’lgan funksiyaning xossalari o’rganilishi mo’ljallangan.
Qo’llanma 1- semestrga doir 28-soatli ma’ruzalar kursining matni, oraliq nazorat uchun savollar, mustaqil ish uchun ko’p variantli individual vazifalarni o’z ichiga olgan. Qo’llanmadagi deyarli barcha masalalar yechish metodikasi Maple komp’yuter dasturiga tayangan.