Ushbu uslubiy ko’rsatma texnika oliy o’quv yurtlarining kimyo-texnologiya yo’nalishi talabalari uchun 2 kurs 3-semestrda o’qitiladigan “Optimal sonli usullar” fanidan 36 soatli laboratoriya ishlarini bajarishda foydalanish uchun mo’ljallangan.
Ko’rsatmada sonli usullarning amaliyotda ko’p qo’llaniladigan bo’limlari- funktsiyalarni taqribiy xisoblash, algebraik va transtsendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari, chiziqli va chiziqsiz tenglamalar sistemalarini yechish usullari, differentsial tenglamalar hamda funltsiyani iterpolyatsiyalash va kichik kvadratlar usul asosida chiziqli va chiziqsiz korrelyatsion – regression tahlil elementlari nazariy bayon qilinib, ularning amaliy masalalarni yechish usullari ko’rsatilgan. Mustaqil ishlar uchun har bir usulga mos laboratoriyalariya topshiriqlari berilgan.