Mazkur o`quv qo`llanma tabiatning buyuk ne’mati bo`lgan suv kimyosini
yoritishga bag`ishlanadi. Gidrokimyo kursining asosiy vazifasi bo`lajak yosh
mutaxassislarni suv xillari, fizik-kimyoviy xossalari, anomaliyasi, inson, jonivor va
o`simliklar hayotidagi beqiyos roli bilan tanishtirishdir. Amaliy gidrokimyoga oid
suvlarni ifloslantirishning oldini olish usullari, oqava suvlarni tozalash, texnik
suvlardan qayta foydalanish, suv resurslari va kimyoviy texnologiya muammolari
yoritilgan.
Suv va suvdan foydalanish haqidagi Qonun alohida bo`limda sharxlanadi.k