“O`ZBEK ADABIYOTI TARIXI”

“O`ZBEK  ADABIYOTI  TARIXI”
Daraja:
Oliy ta`lim
Yo'nalish:
Turi:
Metodik qo`llanma
Nashr etilgan yili:
2007
Til:
O`zbek tilida (lot.)
Yaratilgan vaqti:
2021-04-15 19:58:29
Sho`ro davri 1917-yilgi oktabr to`ntarishidan 1991-yili sobiq Sovet Ittifoqi deb atalgan hokimiyatning yemirilishi, sobiq SSSR tarkibidagi jumhuriyatlar, jumladan, Respublikamizning mustaqillikka erishuvigacha bo`lgan 70-yildan oshiqroq davrni o`z ichiga oladi. Bu davr “qizil imperiya” davri deb ham yuritiladi. Sho`rolar hukumati, bolshveklar dinni “xalq uchun afyun” deb e`lon qilib, dinga qarshi kurash ochib, dahriylikni keng yoyar ekanlar, endilikda odamlar qalbini zabt etishning yagona vositasi, sehrli quroli adabiyot va san`at ekanini yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham partiya adabiyotga rahnamolik qilishni o`z zimmasiga oldi, adabiyotni “proletar ishining bir qismi” ga, partiyaning mafkuraviy quroliga, adiblarni esa partiyaning dastyoriga, partiya g`oyalari va siyosatni targ`ib etuvchi “karnaychi” larga aylantirishga tirishdi. Hatto tarixda misli ko`rilmagan hodisa-sho`ro yozuvchilari amal qilishi lozim bo`lgan ijodiy metod-sotsialistik realizm qoidalari ham partiya rahnamoligida ishlab chiqildi; voqelikka faqat kommunistik mafkura asosida sinfiy-partiyaviy yondashish barcha qalam ahli uchun qat`iy qoidaga aylantirildi. Bu hol ko`p millatli sovet adabiyoti, jumladan, o`zbek adabiyoti tarixida, o`nlab iste`dodli adiblar qismatida o`ta noxush, fojiiy asorat qoldirdi. Eng yomoni, ijodiy tafakkurni tushovga solib qo`ydi, shaxsiy tashabbusni bo`g`di, hayotdan yiroq, bir xildagi yuzaki, sxematik asarlarning keng yoyilishiga olib keldi. Partiyaning adabiy siyosati, kommunistik g`oyaviylik uchun kurash ko`plab shafqatsizliklarga yo`l ochib berdi. A.Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat singari adiblar tevaragida fitnalar uyushtirildi, oxir-oqibat ular “xalq dushmani” sifatida qatl etildi. Oybek, G`.G`ulom, A.Qahhor, H.Olimjon kabi omon qolgan yozuvchi-shoirlar umr bo`yi ta`qib-tazyiqlar ostida yashadilar. Yangi o`zbek adabiyotining o`nlab shoh asarlari zararli sanalib, o`qish man etildi.

Дабавлено : 2021-04-15 19:58:29

Этот категорий

Pythonda matematik hisoblashlarni dasturlash

Nazariy mexanika

Nazariy mexanika

Fundamentals of scientific research and innovation

Oila tibbiyoti

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш