Badiiy ganch o`ymakorligi mutaxassisligi uchun “Ashyolarga badiiy
ishlov berish” fani bo`yicha o`quv qo`llanmasida ganch o`ymakorligining
ahamiyati, ustoz va shogird odobi, ganch o`ymakorligida ishlatiladigan
asbob-uskunalar, pardoz turlari, yuzalarni tayyorlash, turli naqshlarni
o`yish va pardozlash haqida ma’lumotlar berilgan bo`lib, asosiy e’tiborni
o`quvchilarning o`z kasblariga qiziqishlarini oshirishga qaratilgan.
Ushbu o`quv qo`llanma o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari o`quvchilari
uchun mo`ljallangan.