«Bank ishi» faniga bag`ishlangan mazkur o`quv qo`llanmamizda oddiy va sodda tilda, savol va javob tariqasida bank tizimi to`g`risida tushuncha, bank ishi fanining predmeti va obyekti, uning faoliyatidagi tavakkalchilikni baholash, bank kreditini berish siyosati, bankning investitsion funksiyalari va bank menejmenti kabi masalalar yoritilgan.
Qo`llanma “Bank ishi” va uning nazariy asoslari hisoblangan “Pul, kredit va banklar” fanlari dasturlar asosida tayyorlangan.
Qo`llanmada bank ishiga taalluqli savollar va javoblar bilan birga-likda har bir bo`lim bo`yicha alohida tayanch iboralar, test va nazorat savollari keltirilgan. Qo`llanmada masalalar to`plami ham mavjud.
Mazkur o`quv qo`llanmada «Siz bank xodimlari attestatsiyasiga tayyormisiz?» turkumidagi savollarga javoblar ham berilgan.
O`quv qo`llanma oliy va o`rta maxsus ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislar, bank xodimlarini tayyorlovchi o`quv yurtlari va fakul-tetlarida hamda biznes maktablarida o`quv mashg`ulotlar, ilmiy semi-narlar va suhbatlar, treninglar uyushtirish uchun mo`ljallangan.
Ushbu o`quv qo`llanma Toshkent moliya instituti qoshidagi ilmiy-uslubiy Kengash tomonidan chop etishga tavsiya etilgan (2009-yil 16- apreldagi 3-sonli Kengash qarori).