Mavzuning dolzarbligi: XXI asr bo`sag`asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O`zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo`ldi. 1991 yil 31 avgust kuni bo`lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida o`zbek xalqining xohish-irodasi bilan O`zbekistonning davlat
mustaqilligi, ozod va suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi
e`lon qilindi. 1 sentyabr` O`zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb
belgilandi. Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro`yobga chiqdi, siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo XX asr so`nggi xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat - O`zbekiston Respublikasi paydo bo`ldi.