Kimyoviy ishlab chiqarish xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Kimyoviy texnologiya esa kimyoviy ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. Xom ashyodan unumli foydalanish, mahsulot unumi va sifatini oshirish, texnologik jarayonlarni soddalashtirish kabi muammolar kimyoviy texnologiya bilimlaridan atroflicha foydalanilgan holda ochiladi. Madomiki shunday ekan, ishlab chiqarishdagi turli ekalogik muammolar ham kimyoviy texnologiya fanini chuqur o’rganish orqali hal etiladi.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 5522400-“Kimyoviy texnologiya” va 5850100- «Atrof muhit muhofazasi» ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavlar tayyorlash uchun «Umimiy kimyoviy texnologiya» fanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan.
Ushbu uslubiy ko’rsatmada talabalarni «Umimiy kimyoviy texnologiya» fanidan o’zlashtirish sifatini oshirish maqsadida tegishli nazorat savollarini talabalarga fan o’qitilishidan oldindan taqdim etish ko’zda tutilgan bo’lib, ushbu nazorat savollari asosida talabalar bilimi mazkur fandan baholanadi.