Bir xil ko`rinishda raqamlarni tasvirlash uchun ishlatiladigan raqamli belgilar va ularni yozish qoidalari sanoq tizimlar deb ataladi.
Sanoq tizimlar pozitcion va nopozitcion qismlarga bo`linadi.
Nopozitcion sanoq tizim deb, chegaralanmagan miqdordagi raqamlar majmuasiga aytiladi. Bunday tizimlarda raqamlarning joylashish o`rni raqamning qiymatiga bog`liq bo`lmaydi. Nopozitcion tizimlar xayotda kam qo`llaniladi. Bunga misol qilib rim raqamlarini keltirish mumkin. Masalan:
o`nli raqamlar 1 5 10 50 100 500 1000 va hokazo.
rim raqamlari I Y X L C D M va hokazo.
Misoldan ko`rinib turibdiki, rim raqamlarini ifodalashda sonlarning joylashgan o`rni ularning egallagan pozitciyasiga bog`liq emas.
Masalan: XXX = 30 ni bildiradi. Bu erda, X = 10, ya`ni hamma pozitciyada ham X-10 ga tengdir.