Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta`lim- tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs – fuqaroni shakllantirishni ko’zda tutadi. Bu o’z navbatida fan, texnika, ilg’or texnologiyalar asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish, rivojlantirish masalasini qo’yadi. O’zbekiston milliy taraqqiyotning eng mas`uliyatli bosqichi -ijtimoiy – siyosiy va iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshdan kechirmoqda. XX asr tugab, jamiyatimiz har bir fuqorosi XXI asrda, ortda qolgan yo’llarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga katta vazifalarni yuklaydi. YOshlarni zamonaviy fan- texnikaning, umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo’lib etishishga sharoit tug’dirmay turi, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o’zgartira olmaymiz.YAna bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste`dodli yoshlarga sharoit yaratish deb aytgan edi