(Qoraqalpoq xalq ertagi)
Qadim-qadim zamonlarda, xalqqa zolim zamonlarda, mamlakatni xon so`rab, qilich-dorlari qonsirab bir podshoh o`tibdi, xalqqa juda zulm yetibdi. Zolimligi shu darajaga yetibdiki, shoh: «Kimda-kim oltmish yoshdan oshgan bo`lsa - o`limga mahkum!» degan farmon chiqaribdi. Shunday farmon chiqarilganidan so`ng shoh jallodlari, «podshoh amri vojib», deb mamlakatdagi barcha qariyalarni bir chekkadan qilichdan o`tkaza boshlabdi.